Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways Kiyevdagi koʻrgazmada ishtirok etmoqda

2021 5 Oktabr
37
Ulashing

«Uzbekistan Airways» AJ 5-6 oktabr kunlari Kiyev shahrida boʻlib oʻtayotgan UITM-2021 (Ukrainian International Travel Market) koʻrgazmasida ishtirok etmoqda. Ta’kidlash joizki, ushbu koʻrgazma Uzbekistan Airways jamoasi uchun joriy yildagi birinchi boʻlib, unda Toshkent-Kiyev-Toshkent qatnovi tiklanishi asosiy mavzu boʻldi.

UITM-2021 koʻrgazmasi har yili oʻtkaziladi hamda Ukraina va xorijdan turizm sanoati mutaxassislarini birlashtirish va umumlashtirish uchun samarali xalqaro platforma boʻlib xizmat qiladi. Ukrainian International Travel Market har yili yuzlab ishtirokchi kompaniyalar, mehmonxonalar, dam olish maskanlari, aviakompaniyalar va aeroportlar delegatlari, shuningdek, xalqaro va milliy sayyohlik tashkilotlari, diplomatlar, davlat vazirliklari va idoralari vakillarini, Ukraina va 20-ga yaqin mamlakatlardan tegishli tarmoqlarning agentlarini birlashtiradi. Tadbirlarga Ukraina va boshqa mamlakatlarning barcha hududlaridan minglab B2B auditoriyalari tashrif buyurishadi.

Ta’kidlab oʻtish joizki, 26-sentabr kuni Borispol xalqaro aeroporti ilk Toshkent-Kiyev aviaqatnovi amalga oshirilganidan soʻng Uzbekistan Airways havo kemasini suvli arka bilan kutib oldi. Ikki davlat oʻrtasidagi aviaqatnovlar oradan 6 yil oʻtib qayta tiklandi va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling