Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways kasbga yoʻnaltirish tadbirini oʻtkazdi

2021 12 Noyabr
109
Ulashing

Bugun, 2021-yil 12-noyabr kuni Uzbekistan Airways fuqaro aviatsiyasi sohasida yoshlarni kasbga yoʻnaltirishga bagʻishlangan “Kelajakdagi kasbni tanlash” interaktiv tadbirini tashkil etdi. Tadbirda Olmazor tumanidagi 133-davlat ixtisoslashtirilgan maktabining yuqori sinf oʻquvchilari, mehmonlar va OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti tarixini bilib olishdi va yoʻlovchilarga qanday xizmat koʻrsatilayotganligining guvohi boʻldilar. Shuningdek, maktab oʻquvchilari aeroportning nazorat qilinadigan hududiga kirish, havo kemalarining uchish va qoʻnishini kuzatish, Boeing 787 Dreamliner yoʻlovchi havo kemasi kabinasiga tashrif buyurish, uchuvchi va bort kuzatuvchilar bilan tanishish imkoniga ega boʻldilar. Shu bilan birga, aviakompaniya xodimlari havo kemalari qanday parvoz qilishi, perronda qanday jarayonlar sodir boʻlishi, havo kemasi qaysi payt oʻziga belgilangan toʻxtash joyiga borishi va keyinchalik parvoz qilishi, xizmat koʻrsatishda qanday texnika jalb qilingani haqida gapirib berishdi.

Adiba Mengboyeva, kasbga yoʻnaltirilgan tadbir ishtirokchisi oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi: “Bugun biz shahrimizning havo porti qanday yashayotganini koʻrdik. Yuqori darajali uchuvchi va bort kuzatuvchilarni, kechayu-kunduz yoʻlochilarga xizmat koʻrsatayotgan barcha xodimlarni koʻrish juda yoqimli. Ushbu ajoyib ekskursiya tashkilotchilariga rahmat”.

Ekskursiya ishtirokchilari aviatsiya muhitiga tushibgina qolmasdan, balki fuqaro aviatsiyasi murakkab, lekin juda qiziqarli soha ekanligiga ishonch hosil qilishdi. 

“Oʻz koʻzing bilan aviatransportni koʻrish juda yoqimli. Bolalar mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasi sohasi Oʻzbekiston iqtisodiyotini qoʻllab-quvvatlovchi kuch ekanligini bilib olishdi. Ularning orasida ham fuqaro aviatsiyasining kelajakdagi mutaxassislari bor deb umid qilamiz” – dedi 133-maktab direktori Nigora Zukurova. 

Tadbir aviakompaniyaning ijtimoiy tarmoqlarida boʻlib oʻtgan “Aeroportga sayohat” tanlovi gʻoliblarini taqdirlash bilan yakunlandi. Barcha gʻoliblarga va tadbir ishtirokchilariga “Uzbekistan Airways” AJ tonomidan esdalik sovgʻalari topshirildi.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling