Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways Jakartaga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi

2023 28 Aprel
1613
Ulashing

2023-yilning 26-aprelidan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent va Jakarta o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviatashuvlarni qayta tikladi.

Soekarno-Xatta xalqaro aeroportida havo kemasi an’anaviy tarzda suv arkasi bilan, yetib kelgan reys ekipaji a’zolari esa gullar bilan kutib olindi. Tantanali marosimda ommaviy axborot vositalari vakillari, mahalliy aeroport rahbarlari, Indoneziya turoperatorlari hamda Toshkent-Jakarta reysining ilk yo‘lovchilari ishtirok etdi.

Uchrashuvda yangi yo‘nalishning ochilishi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining parvozlar geografiyasi tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha paydo bo‘lgan yana bir nuqta ekanligi ta’kidlandi. Uzoq tanaffusdan so‘ng aprel oyi oxiridan Jakartaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni qayta tiklashga qaror qilingani besabab emas. U yerdan Bali oroliga qulay tutashuv aviaqatnovlari mavjud. Orolning kurortlarida dam olish uchun eng qulay mavsum esa maydan oktyabrgacha bo‘lgan davr hisoblanadi.

Toshkent va Jakarta o‘rtasidagi aloqalar mustaqillikni ilk yillaridanoq yo‘lga qo‘yilgan. Yillar davomida qatnovlar ikki mamlakat o‘rtasida iqtisod, ta’lim, tibbiyot, texnologiya, turizm va ko‘plab sohalarda rivojlanish hamda tajriba almashishga xizmat qilib kelmoqda. Mazkur muntazam qatnov mamlakatlararo turizm oqimini ko‘paytirish va ayniqsa malayziyalik sayyohlarga yurtimizdagi ziyoratgoh joylarga tashrif buyurish uchun imkon yaratadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi havo aloqasi mamlakatlar o‘rtasidagi turizm va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Toshkent - Jakarta - Toshkent yo‘nalishidagi parvozlar har haftaning chorshanba kunlari qulay, keng bort sahniga ega Boeing 787 Dreamliner havo kemasida amalga oshiriladi:

  • Toshkentdan jo‘nab ketish chorshanba kuni, Toshkent vaqti bilan soat 09:00 da
  • Jakartaga yetib kelish chorshanba kuni, Jakarta vaqti bilan soat 19:30 da
  • Jakartadan jo'nab ketish chorshanba kuni, Jakarta vaqti bilan soat 21:00 da
  • Toshkentga yetib kelish payshanba kuni, Toshkent vaqti bilan soat 03:30 da

Toshkent – Jakarta yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalarni 4 798 913 so‘mdan, Toshkent – Jakarta – Toshkent yo‘nalishida esa 8 558 576 so‘mdan xarid qilish mumkin.

Narxlar 28.04.2023 holatiga ko‘ra amal qiladi.

Uzbekistan Airways bilan birgalikda Jakarta orqali Indoneziyaning eng go‘zal go‘shalari sanaladigan Bali, Yava, Sumarat va Kalimantan orollariga tashrif buyurishingiz mumkin.

Toshkent – Jakarta – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti, UzAirways ilovasi orqali, shuningdek, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

PDF-ni yuklab oling