Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways IFTM Top Resa-2022 sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

2022 21 Sentabr
196
Ulashing

“Uzbekistan Airways” AJ 20-23-sentabr kunlari Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan IFTM Top Resa-2022 xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.

IFTM Top-Resa – bu turizm va sayohatga bag‘ishlangan ko‘p maqsadli ko‘rgazma. “O‘zbekiston” milliy stendining bir qismi sifatida o‘zbek sayyohlik kompaniyalari ham o‘z xizmatlarini namoyish etadilar.

O‘zbekiston delegatsiyasi barcha tashrif buyuruvchilarga O‘zbekiston, uning mashhur va yangi yo‘nalishlari, turizmning rivojlanayotgan turlari va ushbu sohadagi so‘nggi islohotlar haqida batafsil ma‘lumot taqdim etishadi.

Ushbu ko‘rgazma turizm sohasi g‘oyalarini o‘rganish, O‘zbekistonga sayyohlarni jalb qilish va Uzbekistan Airways xizmatlari haqida keng jamoatchilikka ma’lumot berish uchun platformadir.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Toshkent – Parij – Toshkent yo‘nalishidagi qatnovlar haftada ikki marta – seshanba va juma kunlari amalga oshirilmoqda.

PDF-ni yuklab oling