Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways “Humo” xokkey klubining rasmiy homiysi

2023 17 Mart
292
Ulashing

Oʻzbekistondagi eng yirik aviakompaniyalardan biri boʻlgan Uzbekistan Airways mamlakatimizdagi yagona professional “Humo” xokkey klubining rasmiy hamkori va aviatashuvchisi hisoblanadi.

Uzbekistan Airways 2022/2023 yilgi yubiley mavsumida klub homiysi hamda rasmiy aviatashuvchisiga aylandi va bu yil “Humo” xokkey klubi 5 yoshga to‘ldi. 2022/2023 mavsumida “Humo” Qozog‘iston Pro Hokei Ligasy chempionatida ishtirok etib kelmoqda va hozir turnir jadvalida yetakchi o‘rinlardan birini egallab turibdi.

21-mart kuni “Humo” musobaqaning eng muhim bosqichida Toshkentdagi “Humo Arena”da pley-off yarim finalning beshinchi o‘yinida yana “Beybaris” jamoasiga qarshi bellashadi. Ushbu o‘yin arafasida aviakompaniya xokkey ishqibozlari o‘rtasida tanlov o‘tkazadi. Tanlovda UzAirPlus sadoqatlik dasturining har biri 5 000 balldan iborat 3 ta “PREMIUM” kartalari sovg‘a sifatida g‘oliblarga taqdim etiladi. Tanlov natijalari 20-mart kuni Uzbekistan Airways’ning Instagram’dagi rasmiy sahifasida e’lon qilinadi.

“Hamyurtlarimiz muxlislik qilayotgan jamoani qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz. Ayniqsa, “Humo” xokkey klubi O‘zbekistonda ushbu sport turini rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotgani biz uchun muhimdir”, – dedi “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisi Shuxrat Xudaykulov.

 

PDF-ni yuklab oling