Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways “Haj-2023” dasturi bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy hamkori

2023 6 Iyun
412
Ulashing

2023-yilning 4-iyun kuni Uzbekistan Airways “Haj-2023” dasturi doirasida Toshkent-Madina yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozni amalga oshirdi.
Aviakompaniya joriy yilning 4-19 iyun kunlari O‘zbekistonning 10 ta shahridan Madinaga 62 ta reysni amalga oshiradi va 15 130 yo‘lovchini ziyorat maqsadida o‘z manzillariga yetkazib qo‘yadi. Ziyoratchilarni qaytarib olib kelish bosqichida esa Jiddadan Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlariga parvozlar 2023-yilning 4-22 iyul kunlari bajariladi.
Uzbekistan Airways “Haj-2023” dasturi bo‘yicha barcha parvozlarni Boeing 767 havo kemalarida amalga oshiradi.

PDF-ni yuklab oling