Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways “FITUR-2023” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

2023 21 Yanvar
31
Ulashing

“Uzbekistan Airways” AJ 2023-yilning 18-22-yanvar kunlari Ispaniyaning Madrid shahrida bo‘lib o‘tayotgan “FITUR-2023” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida “O‘zbekiston” milliy stendi tarkibida ishtirok etmoqda.

Ispaniya aviakompaniya uchun yo‘nalishlar tarmog‘ini rivojlantirish hamda turizm industriasi, aeroport vakillari bilan aloqalarni o‘rnatish, tranzit va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lovchi tashishni yo‘lga qo‘yish imkoniyati nuqtai nazaridan qiziqarli bozor hisoblanadi.

Ushbu tadbir 2023-yilda aviakompaniya xizmatlarini Yevropa bozorida ilgari surish va O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini ommalashtirish, shuningdek, “Uzbekistan Airways” AJ reyslarida yo‘lovchilar oqimini oshirib potensial hamkorlar bilan ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lgan birinchi keng ko‘lamli professional platforma hisoblanadi.

PDF-ni yuklab oling