Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways – faol hordiq va ekologik tafakkur tarafdori

2025 19 May
Ulashing

17-may, shanba kuni Uzbekistan Airways xodimlari Ko‘ksu darasiga hayajonli sayohat uyushtirib, tabiat qo‘ynida kunni faol o‘tkazdilar.

Bu shunchaki sayr emas edi: yo‘l qiziqarli va ba’zan murakkab qismlardan iborat bo‘lib, bardavomlik va jamoaviy ruhni mustahkamlovchi haqiqiy sarguzashtga aylandi.

Bunday tadbirlarning o‘zgacha qadri – bu bizning o‘zgarmas qadriyatimiz: ekologik tamoyillarga sodiqlik. Qayerda bo‘lishimizdan qat’i nazar – ishda, tog‘da, yoki boshqa tadbirda – biz har doim atrof-muhitga ehtirom bilan munosabatda bo‘lamiz va ortimizdan faqat ijobiy izlar qoldirishga intilamiz.

Ushbu yurish kasaba uyushmasi qo‘mitasi va Uzbekistan Airways tomonidan tashkil etildi – bu esa bizning korporativ madaniyatimizda professional yutuqlar bilan birga sog‘lom turmush tarzi, tabiatga hurmat va jamoaning mustahkam birligi muhim ekanini yana bir bor isbotladi.

Bu kun yana bir haqiqatni eslatdi: birgalikda bosib o‘tilgan har bir qadam – bizni nafaqat cho‘qqilarga, balki umumiy maqsadlarga yaqinlashtiradi. 

PDF-ni yuklab oling