Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways chegirmalari davom etadi

2023 7 Iyun
2626
Ulashing

“Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida aviachiptalarni 20% chegirma bilan xarid qiling va eng mashhur marshrutlarga qulay narxlarda parvoz qiling!

2023-yilning 8-iyun kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi “Yorqin Payshanba” aksiyasi doirasida Toshkentdan\ga Pekin, Urumchi, Frankfurt, Dubay, Sharjaga, shuningdek Farg'onadan\ga Dubayga va ortga qaytuvchi yo'nalishlar aviachiptalari tarifdan 20% chegirma e’lon qiladi.

Uzbekistan Airways “Yorqin payshanba” aksiyasining batafsil shartlari:

  1. Aksiya muddati 2023-yil 8-iyun soat 00:00 dan 23:59 gacha;
  2. Taqdim etiladigan chegirma miqdori:
  • kattalar uchun tarifdan – 20%;
  • 2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun – bolalar tarifiga mos ravishda – 20%;
  • chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi;
  1. Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi;
  2. Ilgari sotib olingan aviachiptalar 08.06.2023da qayta rasmiylashtirilsa yoki qayta bron qilinsa, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi;
  3. Aviachiptalarni chegirma bilan aviakompaniyaning veb-saytida “Uzbekistan Airways Sales” filiali va uning agentlarida, shuningdek, xorijdagi vakolatxonalarimizda fuqaroligidan qat’iy nazar xarid qilish mumkin. Chegirma CODE SHARE reyslarida uchun qo‘llanilmaydi;
  4. Aviatashuv muddati cheklanmagan (aviatashuvning amal qilish muddati qo‘llanilgan tarif qoidalari bilan belgilanadi, aviachiptalarni e’lon qilingan berilgan jadval asosida rasmiylashtirishga ruxsat beriladi);
  5. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi;
  6. Chegirma e’lon qilingan barcha individual ekonom va biznes-klass tariflari uchun faqat Toshkentdan\ga Pekin, Urumchi, Frankfurt, Dubay, Sharjaga, shuningdek Farg'onadan\ga Dubayga va orqaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishlar uchun taqdim etiladi..

“Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti, UzAirways ilovasi orqali, shuningdek, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

PDF-ni yuklab oling