Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways bort kuzatuvchilari uchun davlat tilini bilish talablari

2022 22 Aprel
3939
Ulashing

Bugungi kunda “Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyatida asosiy vazifasi yo‘lovchilarning xavfsizligi, parvoz davomida xizmat ko‘rsatish, zarur hollarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hisoblangan 600 dan ortiq turli millat vakillaridan tashkil topgan bort kuzatuvchilar faoliyat yuritib kelmoqda.   

Birinchi saralash davomida malakali o‘qituvchilar tomonidan bort kuzatuvchilarning til bilish darajasi (o‘zbek, rus, ingliz) majburiy tekshiriladi. Samolyotda belgilangan qoidalarga muvofiq xizmat qilish kerak bo‘lgan turli millat vakillari bo‘lishi mumkin. Va til bilish darajasi sinovi ushbu maqsadda ham tekshiriladi. Tanlov saralashida tillarni bilish uchun maxsus test o‘tkaziladi va undan o‘tolmagan nomzodlar kurslarni tark etishadi.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar “havo kemasi bort kuzatuvchisi” kasbini dastlabki tayyorlov uchun “O‘quv-mashg‘ulot markazi” MChJga yuboriladi. O‘quv dasturiga “O‘zbek tili” fanidan ikki haftalik kurs bilan og‘zaki imtihon ham kiradi.   

O‘z kasbiy faoliyati davomida Uzbekistan Airways’ning barcha bort kuzatuvchilari o‘zbek tili bo‘yicha vaqti-vaqti bilan o‘qitilib kelinadi. Amaldagi “Davlat tili” sertifikatiga ega bo‘lmagan bort kuzatuvchilar aviakompaniyaning parvozlariga qo‘yilmaydi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda Uzbekistan Airways bort kuzatuvchilar jamoasida turli millat vakillari faoliyat ko‘rsatmoqda. Aviakompaniya o‘z vazifalarini bajarish doirasida, o‘zbek tilini bilmasada, shu yo‘lda ularga erkin muloqot qilishlari uchun katta hajmdagi ishlarni amalga oshirishdan iborat.   

O‘zbek tili – O‘zbek xalqini birlashtiradigan O‘zbekiston Respublikasining davlat tilidir. Uzbekistan Airways o‘z faoliyatida ko‘p asrlar davomida o‘zbek xalqi tomonidan to‘plangan ma’naviy qadriyatlarni asrash va ularni avloddan-avlodga yetkazishda Davlat tilining o‘rnini mustahkamlashda davom etadi.

PDF-ni yuklab oling