Bugun Toshkentda "Uzbekistan Airways" AJ vakillarining Boeing korporatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Amerika kompaniyasi tomonidan Boeing katta vitse-prezidenti Brendan Jon Nelson, Yevroosiyo mintaqasi bo‘yicha direktor Mario Antonio Ebsim, shuningdek, Turkiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktor Aysem Sargin ishtirok etdi.



Tomonlar o‘zaro manfaatli masalalarni muhokama qilishdi. Shuningdek, Uzbekistan Airways Boeing korporatsiyasi bilan havo kemalarini yetkazib berish va ulardan foydalanish sohasida ko‘p yillardan buyon hamkorlik qilib kelayotgani ta’kidlandi. Uchrashuv samarali va ishchan ruhda o‘tdi.


