Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways bilan yanada ko‘proq chegirmalar

2024 7 Fevral
Ulashing

     Ushbu haftada “Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida e’lon qilingan jadval tugaguniga qadar quyidagi aviaqatnovlar uchun tariflarga 20% gacha chegirma taqdim qilamiz:   

  • Toshkentdan Anqara, Jakarta, Kuala-Lumpur va ortga; 
  • Farg‘onadan Dubayga va ortga;  
  • Buxoro, Samarqand, Urganchdan Istanbulga va ortga; 
  • Toshkentdan Qarshi, Namangan, Nukus, Samarqand, Termiz, Farg‘ona va ortga. 

Chegirma faqat bir kun, 8-fevral soat 00:00 dan 23:59 gacha bo‘lib, ushbu aksiyada ko‘rsatilgan barcha aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

Aksiyasining batafsil shartlari:

  1. Aksiya muddati 2024-yil 8-fevral soat 00:00 dan 23:59 gacha;
  2. Taqdim etiladigan chegirma miqdori:
  • kattalar uchun tarifdan – 20% gacha;
  • 2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun – bolalar tarifiga mos ravishda – 20% gacha ;
  • chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi;
  1. Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi;
  2. Ilgari sotib olingan aviachiptalar 08.02.2024da qayta rasmiylashtirilsa yoki qayta bron qilinsa, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi;
  3. Chegirma bilan qisman foydalanilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, qayta hisob-kitob aviachipta chiqarilgan sanada (ya’ni chegirma qo‘llanilgan holda) amalga oshiriladi;
  4. Aviatashuv muddati cheklanmagan (aviatashuvning amal qilish muddati qo‘llanilgan tarif qoidalari bilan belgilanadi, aviachiptalarni e’lon qilingan berilgan jadval asosida rasmiylashtirishga ruxsat beriladi);
  5. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi;
  6. Chegirma e’lon qilingan barcha individual ekonom va biznes-klass tariflari uchun faqat Toshkentdan Anqara, Jakarta, Kuala-Lumpur va ortga, Farg‘onadan Dubayga va ortaga, Buxoro, Samarqand, Urganchdan Istanbulga va orqaga, Toshkentdan Qarshi, Namangan, Nukus, Samarqand, Termiz, Farg‘onaga va ortga qaytuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishlar uchun taqdim etiladi. CodeShare aviaqatnovlarida va Tijorat shartnomalari (SPA) ostida e’lon qilingan tariflar uchun amal qilmaydi.

Chegirmali aviachiptalarni rasmiy saytda, aviakompaniya agentlari va Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 9-uy manzilida joylashgan Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilishingiz mumkin.

 

Uzbekistan Airways O‘zbekistondagi eng yirik aviakompaniya hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyati maqomiga ega. Uning aviaparkida Boeing 767/787, Airbus A320ceo/320neo/321neo/A330, L-410, ATR-72 kabi havo kemalar mavjud.

Aviakompaniya 2022-yilda 3,9 milliondan ortiq yo‘lovchini tashidi. Yo‘nalishlar tarmog’i va havo kemalar parkini doimiy ravishda kengaytirmoqda hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar darajasini yaxshilaydi. Parvoz xavfsizligi esa aviakompaniya uchun doimo ustuvor vazifa bo'lib qoladi.

Uzbekistan Airways muntazam, charter va yuk tashuvchi aviqatnovlarni amalga oshiradi hamda Uzbekistan Airways Express loukoster tizimiga ega.

Uzbekistan Airways tarkibiga quyidagi kompaniyalar ham kiradi: “Uzbekistan Helicopters” MChJ, “Uzbekistan Airways Technics” MChJ, “Catering” MChJ, “O‘quv-mashq markazi” MChJ.     

PDF-ni yuklab oling