Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways bilan serquyosh o‘lkalarda qishki ta’til

2023 4 Yanvar
57
Ulashing

Issiq dengiz qirgʻogʻida va quyosh nurlari ostida oʻtkazilgan qishki taʼtil albatta uzoq vaqt davomida esda qoladi. Uzbekistan Airways o‘zining yo‘nalishlar tarmog‘i bo‘yicha yil davomida quyoshli kunlar va dengizi bilan quvontiradigan top-5 davlatlarni e’tiboringizga taqdim etadi. 

Misr

Misrning Sharm al-Shayx kurort shahri butun dunyodan kelgan sayyohlar uchun eng mashhur manzillardan biri hisoblanadi. Haftaning chorshanba va shanba kunlari Uzbekistan Airways bilan u yerga sayohat qilib, go‘zal ko‘rfazda joylashgan plyajda hordiq chiqarishingiz mumkin. 

Toshkent – Sharm al-Shayx yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi 2 562 639 so‘mdan, Toshkent – Sharm al-Shayx – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi esa 4 785 308 so‘mdan boshlanadi. Narxlar 04.01.23y. holatiga ko‘ra amal qiladi. 

Malayziya

Malayziya poytaxtiga aviaqatnovlar yaqinda tiklanganiga qaramasdan, ular Uzbekistan Airways yo‘lovchilari orasida mashhur. Aviakompaniya Kuala-Lumpurga parvozlarni 1992-yilda amalga oshirishni boshladi, biroq 2020-yilda koronavirus pandemiyasi tufayli parvozlar to‘xtatilgan edi. Oradan ikki yil o‘tib, 1 noyabr kuni Kuala-Lumpur xalqaro aeroporti Uzbekistan Airways yo‘lovchilari uchun o‘z eshiklarini qayta ochdi.

Malayziya poytaxtiga har seshanba va juma kunlari Toshkentdan parvoz qilishingiz mumkin. Toshkent – Kuala Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi 4 062 017 so‘mdan, Toshkent – Kuala Lumpur – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi esa 7 153 400 so‘mdan boshlanadi. Narxlar 04.01.23y. holatiga ko‘ra amal qiladi.

BAA

Hayratga soladigan va ajoyib darajada boy Dubay ortiqcha tariflarga muhtoj emas. Har kuni amalga oshiriladigan aviaqatnovlar orqali Dubayga Toshkentdan istalgan kuni, Farg‘onadan seshanba va yakshanba kunlari sayohat qilishingiz mumkin.  Toshkent – Dubay yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi 2 160 123 so‘mdan, Toshkent – Dubay – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi esa 4 012 698 so‘mdan boshlanadi. Narxlar 04.01.23y. holatiga ko‘ra amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning 12-dekabridan boshlab Uzbekistan Airways Farg‘ona – Dubay – Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar tariflarining darajasini kamaytirmoqda. Farg‘ona – Dubay yo‘nalishidagi aviachiptalar 103 AQSh dollaridan boshlanadi. 

Hindiston

Hindiston hayotingizga yorqin his-tuygʻularni qo‘shadi. Yangi yil bayramini mamlakatning asosiy kurorti - kokos palmalari bilan oltin sohillar joylashgan Goa shahrida davom ettiring. U yerga siz Delidan sayohat qilishingiz mumkin. Hindistonning poytaxtiga Uzbekistan Airways seshanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari parvozlarni amalga oshiradi. 

Toshkent – Deli yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi 2 324 576 so‘mdan, Toshkent – Deli – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi esa 4 147 625 so‘mdan boshlanadi. Narxlar 04.01.23y. holatiga ko‘ra amal qiladi. 

Isroil

Agar siz Qizil dengizning suv osti dunyosini kashf etishni istasangiz, u holda Eylatga xush kelibsiz. Bu goʻzal sohillar va yumshoq iqlim bilan mashhur boʻlgan Isroilning janubiy shahri. Quyoshli kurortga siz Tel-Avivdan borishingiz mumkin, u yerga Uzbekistan Airways dushanba, seshanba va payshanba kunlari parvozlarni amalga oshiradi. 

Toshkent – Tel-Aviv yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi 2 875 764 so‘mdan, Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi esa 5 197 964 so‘mdan boshlanadi. Narxlar 04.01.23y. holatiga ko‘ra amal qiladi.

Qishki ta’tilingizni Uzbekistan Airways’ga ishoning, dunyoni kashf eting va har bir daqiqadan zavqlaning. Aviachiptalarni Uzbekistan Airways Sales filialida, aviakompaniya agentlaridan yoki www.uzairways.com rasmiy saytidan 3% chegirma bilan xarid qiling.

PDF-ni yuklab oling