Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways bilan barcha yo‘llar Rimga olib boradi

2024 1 Fevral
329
Ulashing

Uzbekistan Airways Rimga muntazam aviaqatnovlarni tiklanayotganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. Italiyaning abadiy yosh poytaxtiga parvozlar 2024-yilning 31-martidan boshlab yakshanba kunlari amalga oshiriladi.  

Eh, Italiya! Dunyo xaritasidagi etik ko‘rinishidagi yagona davlat. San’at, romantika va ilhom paydo bo‘ladigan yurt. Endilikda Uzbekistan Airways yo‘lovchilari uchun Italiya yanada yaqinroq bo‘ladi, chunki parvozlar nafaqat Milan, balki Rimga ham bajariladi.  

“Rimni avvaliga juda sekin, oz-ozdan keyin esa umringiz davomida sevib qolasiz.” Nikolay Gogoldan iqtibos abadiy shaharga tashrif buyurgan har bir sayyohning his-tuyg‘ularini tasvirlaydi. Nimasi bilan o‘ziga tortadi? Ba’zilarni ko‘p asrlik tarix, ba’zilarini san’at, yana kimlarnidir esa haqiqiy pitsa va pasta o‘ziga jalb qiladi. Rimga aviachiptalarni bron qilish orqali sizni o‘zingizning dolce vita’ngizdan (italyancha “shirin hayot”) bahramand bo‘lishga taklif qilamiz.

Uzbekistan Airways 31-martdan boshlab Italiya poytaxtiga muntazam aviaqatnovlarni tiklamoqda. HY257/258 aviaqatnovlari har hafta yakshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:  

  • Toshkentdan jo‘nab ketish Toshkent vaqti bilan soat 16:10 da;
  • Rimga yetib kelish Rim vaqti bilan soat 20:10 da;
  • Rimdan jo‘nab ketish Rim vaqti bilan soat 21:20 da;
  • Toshkentga yetib kelish ertasi kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:20 da.  

Sayohat paytida Trevi favvorasiga tashrif buyurishni unutmang. Agar siz unga orqaga o‘girilgan holda o‘ng qo‘lingiz bilan chap yelkangiz uzra tanga tashlasangiz, Rimga albatta qaytib kelasiz. Har qalay, shahar afsonalariga ko‘ra shunday.  

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com saytidan 3% chegirma bilan, Uzbekistan Airways mobil ilovasida, aviakompaniya agentlaridan va Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 9-uyda joylashgan Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilishingiz mumkin.   

PDF-ni yuklab oling