Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways “Balttour” хalqaro turizm koʻrgazmasida ishtirok etmoqda

2023 4 Fevral
16
Ulashing

2023-yilning 3-5-fevral kunlari “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniya xizmatlarini rivojlantirish va ommalashtirish, shuningdek, aviaqatnovlarda xorijlik sayyohlarni koʻpaytirish boʻyicha maqsadli chora-tadbirlar doirasida Latviya poytaxti Riga shahrida o‘tkazilayotgan “Battour-2023” xalqaro sayyohlik koʻrgazmasida ishtirok etmoqda.

“Balttour” xalqaro turizm koʻrgazmasi sayohatchilarga yoʻnalish tanlash va sayohatlarni rejalashtirishda, turizm sohasi mutaxassislariga esa yangi aloqalar oʻrnatish va hamkorlikni kengaytirishda yordam beradi.

Mazkur tadbir Uzbekistan Airways’ning Boltiqbo‘yi mamlakatlari bozoridagi mavqeini mustahkamlash va parvozlar sonini oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha sayyohlik agentliklari va operatorlari bilan muzokaralar olib borish uchun yaxshigina platforma vazifasini o‘taydi.

Ko‘rgazmaning birinchi kunidayoq Uzbekistan Airways stendi turizm sohasidagi ishbilarmon doiralar hamda turistlarning e’tiborini tortdi.   

Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar va mehmonlarga Uzbekistan Airways xizmatlari va imkoniyatlari, O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati haqida to‘liq ma’lumot berildi.

Eslatib o'tamiz, Toshkentdan Riga shahriga parvozlar haftasiga ikki marta dushanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

PDF-ni yuklab oling