Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways Bakuga parvozlar sonini oshirmoqda

2022 25 May
491
Ulashing

“Uzbekistan Airways” AJ Toshkent – Baku – Toshkent xalqaro yo‘nalishidagi parvozlar soni oshirilishini ma’lum qiladi. Bugungi kunda aviaqatnovlar muntazam ravishda seshanba va payshanba kunlari bajarilmoqda, 2022-yil 5-iyundan boshlab esa yakshanba kunlari ham amalga oshirila boshlaydi.

Toshkent – Baku yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 2 024 036 so‘mdan (bagajsiz) va 2 260 765 so‘mdan (bagaj bilan), Toshkent – Baku – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 3 977 052 so‘mdan (bagajsiz) va 4 403 165 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.

Narxlar 25.05.2022 holatiga ko‘ra amal qiladi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning www.uzairways.com rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.

PDF-ni yuklab oling