Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways “Bahor-yoz 2023” parvozlar jadvalini tasdiqladi

2023 20 Fevral
3743
Ulashing

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2023-yil 26-martdan joriy yilning 28-oktyabriga qadar amal qiladigan bahor-yoz parvozlar jadvaliga o‘tmoqda. Yozgi navigatsiya davrida aviakompaniya mashhur sayyohlik yo‘nalishlariga parvozlar sonini ko‘paytiradi, shuningdek, yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytiradi. Ushbu mavsum davrida 70 dan ortiq yo‘nalish bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Toshkentdan Urganch va Nukusga parvozlar kuniga 2 marta, Buxoroga esa 1 marta amalga oshiriladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston poytaxtidan Qarshiga haftada 2 marta, Termiz va Samarqandga 6 marta, Farg‘ona vodiysi bo‘ylab: Namanganga – 2, Farg‘onaga – 3 va Andijonga ham ikki martadan aviaqatnovlar bajariladi. 

Istanbul, Dubay, Riga, Moskva, Olmaota, Ostona, Dushanbe, Bishkek, Baku, Minsk, Dehli, London, Seul, Kuala-Lumpur va boshqa shaharlarga xalqaro aviaqatnovlar anʼanaviy tarzda Toshkentdan amalga oshiriladi.

Mazkur bahor-yoz mavsumida aviakompaniya 70 ta yoʻnalishda parvoz qiladi, jumladan, Rossiyaning 40 ta, MDH davlatlari va uzoq xorijdagi shaharlarga 30 ta yoʻnalish bo‘yicha. Yangi mavsumda aviakompaniya Nyu-York, Frankfurt, Riga, Tel-Aviv, Baku, Tbilisi kabi xalqaro yo‘nalishlarda aviaqatnovlar sonini oshirmoqda. Qishki jadvalga nisbatan Istanbulga muntazam reyslar soni ko‘paytiriladi.

Bahor-yoz mavsumidan boshlab aviakompaniya Milan, Parij, Rossiya shaharlaridan Orenburg, Nijnevartovsk, Omsk, Nijniy Novgorodga parvozlarni amalga oshira boshlaydi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti, shuningdek, “UzAirways” mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qiling.

PDF-ni yuklab oling