Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways aviaqatnovlariga ro‘yxatdan o‘tish

2023 11 Aprel
15076
Ulashing

Yo‘lovchilarning reyslarga kechikishi bilan bog‘liq vaziyatlar yuzaga kelmasligi uchun Uzbekistan Airways parvozdan oldin ro‘yxatdan o‘tish qoidalarini eslatib o‘tadi.

Aviakompaniyaning barcha xalqaro aviaqatnovlari uchun ro‘yxatdan o‘tish jo‘nash vaqtidan 3 soat oldin boshlanadi va 40 daqiqa oldin tugaydi. Shaharlarda: Nyu-York, Frankfurt, Istanbul, Dubay, Sharja, Kuala-Lumpur, Seul, Dehli, Bangkok, Rim, Milan, Tel-Aviv, Pekin, Sankt-Peterburg, Jidda va London kabi shaharlardagi aeroportlarda ro‘yxatdan o‘tish parvozdan 4 soat oldin boshlanadi  va undan 1 soat oldin tugaydi.

Uzbekistan Airways mahalliy reyslarida ro‘yxatdan o‘tish jo‘nash vaqtidan 2 soat oldin boshlanib, 30 daqiqa oldin tugaydi. Shuningdek, ichki aviaqatnovlarga aviakompaniyaning rasmiy veb-saytida onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Onlayn ro‘yxatdan o‘tish parvozdan 24 soatdan boshlanadi va undan 2 soat oldin tugaydi. Ushbu xizmat ayrim toifadagi yo‘lovchilar uchun cheklangan. Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab parvozlarga roʻyxatdan oʻtish va ularning qoidalari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://www.uzairways.com/uz/onlayn-royxatdan-otish

PDF-ni yuklab oling