Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways aviaqatnovlarida ovqatlanish: turlari, farqlari, buyurtma

2021 21 Dekabr
2591
Ulashing

Uzbekistan Airways yo‘lovchilarga jo‘nash vaqti, parvoz davomiyligi va bortda xizmat ko‘rsatish tarifiga qarab nonushta, tushlik, kechki ovqat, gazak yoki yaxna ichimliklar taklif etadi.

Aviakompaniya maxsus taomlari xilma-xil bo‘lib, ular orasidan yo‘lovchilarni yoshi, sog‘lig‘i va e’tiqodiga ko‘ra o‘zlariga mos oziq-ovqat tanlashlari mumkin.

Yo‘lovchilar havo kemasida (issiq ovqat, yengil nonushta, yaxna ichimliklar) dan tashqari quyidagi oziq-ovqatlarga buyurtma berishlari mumkin:

  • cho‘chqa go‘shti qoʻshilmagan, tozalangan, hayvon va o‘liklar bilan oziqlanmaydigan baliqlar, shuningdek, tarkibida alkogol boʻlmagan musulmon ovqati;
  • meva, yogurt, pishloqni o‘z ichiga olgan turli xil oson chaynaladigan va hazm bo‘ladigan bolalar ovqati;
  • katta idishda tortiladigan mavsumiy mevalardan tayyorlangan taom;
  • kleykovinaga ega boʻlmagan taom, ya’ni bug‘doy, javdar, arpa, jo‘xori, sut mahsulotlarsiz;
  • mol va buzoq go‘shti o‘rniga  qo‘y, cho‘chqa, parranda go‘shti, baliq, sabzavotlar va mevalar, pishloqlar va sut mahsulotlari ega boʻlgan hind ovqatlari.

Buyurtma uchun vegetarian oziq-ovqatlarining xilma-xilligi ham mavjud:

  • (tarkibida sut mahsulotlari boʻlmagan) turli xil sabzavotlar va mevalar; go‘sht, baliq yoki hayvonot mahsulotlaridan xoli;
  • (tarkibida sut mahsulotlari boʻlgan) sut mahsulotlari, tuxum, yong‘oq, dukkaklilar, sabzavotlar va mevalar, makaron mahsulotlari, kartoshka; go‘sht, parranda go‘shti, molyuska va baliqsiz;
  • (qat’iy taomlanish) xom sabzavot va mevalar, yong‘oq, dukkaklilar, don va makaron mahsulotlari, kartoshka; Hayvonot mahsulotlari, jumladan tuxum, sut mahsulotlari va asaldan xoli;
  • (Osiyocha taomlanish) yong‘oqlar, dukkaklilar, meva va sabzavotlar, guruch, makaron, kartoshka, pishloq va sut mahsulotlari, o‘t va ziravorlar;  go‘sht, parranda go‘shti, baliq va molyuskalarni o‘z ichiga olgan so‘yilgan hayvonot mahsulotlaridan, shuningdek, cho‘chqa va hayvonot yog‘i, jele, graviya va tovuq bulyonlari kabi oziq-ovqatlardan xoli. Ushbu taomga Osiyo ziravorlari sepilgan.

Aviachipta xarid qilganda siz oʻzingizga mos oziq-ovqatni tanlashingiz mumkin. Buning uchun Uzbekistan Airways Sales filialidan aviachipta xarid qilayotganingizda maxsus ovqat buyurtma bermoqchi ekanligingizni kassirga ma’lum qiling.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling