Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining biznes-klassdagi foydali aviaqatnovlari!

2024 26 Yanvar
484
Ulashing

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Rossiyaning bir qator shaharlari: Xabarovsk, Vladivostok va Novosibirskka biznes-klass aviachiptalari narxini pasaytirdi. Uzbekistan Airways havo kemalarida o‘zingizni alohida mehmon kabi his qilib, qulay sayohat qiling.

Biznes-klassdagi parvozlar narxi hali bunchalik qulay bo‘lmagan! Agar siz Novosibirsk, Xabarovsk yoki Vladivostokka borishni rejalashtirmoqchi bo‘lsangiz, biznes-klassga qulay narxlarda aviachiptalarni sotib olish imkoniyatini boy bermang.

Biznes-klass sizga nima beradi? Aviaqatnovga ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida ustun, yuk tashuv miqdori ko‘proq (32 kg gacha), bortga chiqishda va havo kemasi qo‘ngandan keyin chiqish ustuvorligi. Bortda ovqatlanishning ajoyib menyusi, keng o‘rindiqlar va qatorlar orasidagi masofa sizni o‘zingizni uyingizdagidek his qilishingizga imkon beradi. Uzoq parvozlar paytida ta’tilingizni bizga ishonib topshiring!

Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha biznes-klassga aviachiptalar narxlari haqida qisqacha ma’lumot:

* Toshkent – Novosibirsk: 6 582 051 so‘mdan;

* Farg‘ona – Novosibirsk: 6 582 051 so‘mdan.

* Toshkent – Xabarovsk: 7 604 940 so‘mdan;  

* Toshkent – Vladivostok: 9 610 547 so‘mdan;

Parvozlar jadvali bilan tanishish va aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com saytida 3% chegirma bilan, ilovada, aviakompaniya agentlari va hozirda yangi manzilda joylashgan Uzbekistan Airways Sales filialida: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 9-uyda xarid qilish mumkin.

 

PDF-ni yuklab oling