Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Включить озвучивание

Yangiliklar

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining biznes klass yoʻlovchilari uchun moʻljallangan yoʻl toʻplamlari ikkita xalqaro tanlovda eng yaxshi deb e’tirof etildi

30 May 2020

“Uzbekistan Airways” nufuzli 2020PAX International Readership Awards mukofotini qoʻlga kiritdi, ushbu mukofot butun dunyo aviakompaniyalari oʻrtasida yoʻlovchilarga eng qulay sharoitlarni ta’minlaganligi uchun taqdim etiladi. Aviakomoaniya “MDH mamlakatlari ichida biznes klass yoʻlovchilariga eng yaxshi toʻplam” nominatsiyasi boʻyicha ushbu mukofotga sazovor boʻldi.

Mukofot Kanadaning transport sohasida keytering va qulaylik yaratish masalalariga bagʻishlangan “PAX International” jurnali tomonidan ta’sis etilgan boʻlib, jurnal oʻquvchilari va ha’at a’zolarining bergan ovozlari asosida topshiriladi. “Uzbekistan Airways” ushbu nufuzli mukofotga ikki yil ketma-ket sazovor boʻlmoqda.

Tashkilotchilar saytida ta’kidlanganidek, “Uzbekistan Airways” yoʻl toʻplamlari − bu erkaklar uchun sipo qora va ayollar uchun yorqin qizil rangli ixcham kosmetik sumkalardan iborat boʻlib, barcha detallariga katta e’tibor qaratilgan holda ishlab chiqilgan va parvoz paytida yoʻlovchilar uchun zarur boʻlgan barcha narsalarni oʻz ichiga oladi”

certcert1

“Uzbekistan Airways” 2019-yil yakunlari boʻyicha “Travel Plus Awards” tanlovida ham oʻzining yetakchilik mavqeini yana bir bor tasdiqlab, “Osiyo / Avstraliya mintaqasidagi eng yaxshi biznes-klass toʻplami”nominatsiyasida gʻolib boʻldi.

“Travel Plus Awards” - ushbu soha tarixidagi ilk mukofotlardan biri boʻlib, u Angliyada tashkil etilgan va eng yaxshi yoʻl toʻplamlari uchun beriladi. Qarorni nafaqat ekspertlardan, balki yo'lovchilar fikrini hisobga oladigan maxsus guruhdan tashkil topgan mustaqil hakamlar hayati qabul qiladi.

 

“PAX International Readership Awards” va “Travel Plus Awards” mukofotlari bilan taqdirlash marosimi odatda har yili bahorda Gamburgda boʻlib oʻtadigan World Travel and Catering EXPO koʻrgazmasi doirasida tashkil etiladi.Bu yil esa, epidemiologiya vaziyati tufayli PAX International barcha nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar roʻyxatini oʻzining saytida e’lon qildi, “Travel Plus Awards” taqdirlash marosimi esa platformasida onlayn boʻlib oʻtdi.

Yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, servis ashyolarini ishlab chiqish va ularning turlarini kengaytirish “Uzbekistan Airways”ning eng muhim maqsadlaridan biridir.

Biz pandemiyani yengishimizga, fuqaro aviatsiyasi yana dunyo bo'ylab parvozlarini davom ettirishiga va “Uzbekistan Airways” dunyo aviatsiya hamjamiyatida oʻz mavqeini mustahkamlashda davom etishiga ishonamiz.