11-oktabr kuni Toshkent – Seul yo‘nalishi bo‘yicha HY511 aviaqatnovida favqulodda vaziyat yuz berdi: yo‘lovchilardan biri to‘satdan o‘zini yomon his qildi. Ekipajimizning tezkor va hamjihat harakatlari, shuningdek, ushbu aviaqatnovda parvoz qilayotgan o‘zbekistonlik shifokor Komilov Hasan Bahriddinovichning fidokorona yordami tufayli ayolning hayoti xavfdan xoli bo‘ldi.
Butun aviakompaniya nomidan Komilov Hasan Bahriddinovichga befarq qolmagani, yuksak kasbiy mahorati va qaltis vaziyatda yordamga kelishga tayyorligi uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Shuningdek, aniq, hamjihatlikda va hech qanday kechikishlarsiz harakat qilgan ekipajimiz bilan faxrlanamiz hamda ularga o‘z tashakkurimizni izhor etamiz.
Ushbu voqea – minnatdorchilik bildirish uchun juda muhim sababdir. Hatto safarda va ish joyidan tashqarida bo‘lsa ham, ekipaj chaqirig‘iga labbay deb javob berib, parvoz chog‘ida yo‘lovchilar hayotini saqlab qolayotgan barcha tibbiyot xodimlariga chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz. O‘z burchingizga bo‘lgan sadoqatingiz haqiqatan ham bebaho!
Barcha yangiliklar