Zamonaviy aviatsiyaning rivojlanişi atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda böliş va barqaror rivojlaniş tamoyillariga amal qiliş bilan uzviy boğliqdir. "Uzbekistan Airways" AJ jamoasi aviakompaniyaning tarkibiy bölinmalari bilan hamkorlikda Toşkent viloyatining Ohangaron tumanidagi "Transportçilar" boğini obodonlaştiriş doirasida daraxt ekiş aksiyasini taşkil etib, uşbu kun tartibini amalda qöllab-quvvatladi.


Xodimlarning taşabbusi mahalliy ekotizimni yaxşilaş, yaşil jamoat maydonlarini kengaytiriş hamda hudud aholisi uçun qulay va maqbul muhitni şakllantirişga qaratilgan. Ekilgan yoş köçatlar kelajakka qöşilgan amaliy hissa hamda kompaniyalar guruhi butun jamoasining ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarga yuqori darajada jalb etilganligining yorqin namunasi böldi.


Uzbekistan Airwaysda tabiatga ğamxörlik va ijtimoiy mas'uliyat korporativ strategiyaning muhim yönalişlari hisoblanadi. Biz keng kölamli ijobiy özgarişlar aniq qadamlar va jamoaviy sinergiyadan boşlanişiga işonamiz hamda mamlakatni kökalamzorlaştiriş va tabiiy salohiyatini asrab-avaylaşga qaratilgan loyihalarni tizimli ravişda qöllab-quvvatlaşda davom etamiz.
Barcha yangiliklar