Marshrutlar tarmog‘ini kengaytirish va xalqaro aviatsiya bozorida o‘z mavqeini mustahkamlash strategiyasi doirasida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Kam Air bilan interlayn-hamkorlikni yo‘lga qo‘ygani haqida ma’lum qiladi.
Ushbu kelishuv yo‘lovchilarga Qobul va Yevroosiyoning asosiy ishbilarmonlik hamda turistik markazlari o‘rtasida qulay tutashuvchi marshrutlarni taklif etgan holda yangi logistik imkoniyatlarni ochadi.
2026-yilning sentabr oyidan boshlab yo‘lovchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha Toshkentda qulay oraliq qo‘nish bilan Qobuldan/ga yagona aviachiptani rasmiylashtirishlari mumkin: Seul, Parij, Milan, Riga, Tbilisi, Dehli, Pxuket, Urumchi, Ostona, Minsk, Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Qozon va Nijniy Novgorod.
Yo‘lovchilar uchun hamkorlikning asosiy afzalligi shundaki, bagajni oxirgi manzilgacha ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin. Rasmiylashtirish birdaniga yakuniy manzilgacha amalga oshiriladi, bu esa vaqtni sezilarli darajada tejaydi hamda tutashuv jarayonini imkon qadar tez va qulay bo‘lishini ta’minlaydi.
Interlayn-kelishuv doirasida amalga oshiriladigan qatnovlar uchun aviachiptalar allaqachon sotuvga chiqarilgan. Parvozni booking.uzairways.com rasmiy saytida, korporativ mobil ilovada, Uzbekistan Airways Sales filialida hamda aviakompaniyaning vakolatli agentlarida rasmiylashtirish mumkin.
Biz yo‘lovchilarimizga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish va yangi sayohatlar uchun chegaralarni yo‘q qilish maqsadida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda davom etamiz.
Uzbekistan Airways bilan har qanday samo kengliklarida o‘zingizni uydagidek his qilasiz!
Barcha yangiliklar