1. Boeing 767 HKga amaldagi ruxsatnoma;
2. Amaldagi FA (ATPL) uchuvchisi guvohnomasi;
3. Amaldagi tibbiyot sertifikati
4. ICAO shkalasi bo‘yicha 4 va undan yuqori darajada ingliz tilini bilish (amal qilish muddati 6 oydan kam bo‘lmagan);
5. Ariza berish paytida ushbu lavozimga tegishli HK turida, parvozishidagi 9 (to‘qqiz)oydan ortiq bo‘lmagan tanaffus;
6. Fuqaro aviatsiyasi yokiharbiy aviatsiya uchuvchisining tamomlangan to‘liq aviatsiya ta’limi;
7. Boeing 767 turidagi HKda parvoz soati; HKK uchun kamida 1000 soat; ikkinchi uchuvchi uchun – 500 soat;
8. Havo kemasi ekipaji tarkibida ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan darajada davlat (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun), rus va ingliz tillarini bilish;
9. Xorijiy fuqarolar uchun parvoz tajribasi kamida 5 (besh) yil;
10. Vakolatli organ tomonidan guvohnomaning qonuniyligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
11. 55 yoshgacha!
Nomzodlar quyidagi hujjatlarni elektron formatda (PDF) taqdim etishlari kerak:
− Parvoz uchun ishga joylashishga nomzod uchun rasmiylashtirilgan taqdimnoma (ilova qilingan);
− TUEKning parvoz gayaroqliligi to‘g‘risidagi xulosasi;
− FA uchuvchisi guvohnomasi;
− Ta’lim, parvoz soati, o‘zlashtirilgan havo kemalar turlari va boshqalar to‘g‘risidagi hujjatlar;
− Asbob-uskunalar (Instrument Rating) bo‘yicha parvozlarga ruxsatni tasdiqlovchi hujjat;
− Parvoz tajribasini tasdiqlovchi mehnat daftarchasidan ko‘chirma;
− ICAO tilni baholash shkalasi bo‘yicha 4 darajadan kam bo‘lmagan ingliz tilini bilish darajasiga muvofiqlik sertifikati;
− Harbiy xizmatga yaroqlilik belgisi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining harbiy guvohnomasi (O‘zR harbiy xizmatga majbur fuqarolari uchun).
Hujjatlar PDF formatda pilot.career@uzairways.com elektron pochta manziliga yuborilsin.
Tanlov Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Tanlov bosqichlari:
- Suhbat.
- ICAO shkalasi bo‘yicha ingliz tili darajasini tasdiqlovchi hujjat.
- Trenajyorda tekshirish.
Tanlov ishtirokchilariga “Uzbekistan airways” AJ qatnovlarida tanlov o‘tkaziladigan joyga va orqaga aviachiptalar taqdim etiladi;
HKK uchun: 70 soat uchun to‘lov – 125 000 000 UZS dan, 90 soat uchun – 150 000 000 UZS gacha.
Ikkinchi uchuvchilar uchun: 70 soat uchun to’lov – 75 000 000 UZS gacha,
90 soatda 90 000 000 UZS gacha.
Ijtimoiy paket (tibbiy sug‘urta, xodim va oila a’zolari uchun aviakompaniyamizning har qanday muntazam yo‘nalishi bo‘yicha xizmat chiptalari, turar joy to‘lovi - 6.000.000 so‘m) ko‘zda tutilgan.
45 kalendar kunigacha mehnat ta’tili;
Hujjatlar uchun ariza va taqdimnoma to‘ldirilishi zarur (qo‘shimchada).