Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi yangi saytni ishga tushirdi

2022 5 May
1792
Ulashing

“Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyati www.uzairways.com saytining yangi versiyasini ishga tushirganligini ma’lum qiladi. Saytning yangi versiyasi sodda va ixcham bo‘lib, bu esa tashrif buyuruvchilarga asosiy bo‘limlarning tuzilishini tezda o‘rganish va kerakli ma’lumotlarni osongina topish imkonini beradi. Endilikda aviakompaniya sayti yo‘lovchilar uchun yanada qulay va tushunish uchun oson tarzda ishlab chiqildi. 

“Qayerdan” va “Qayerga” bo‘linmalari kirill alifbosini to‘ldirishda lotin tilidagi shaharlarning kodlari va nomlarini avtomatik tarzda almashtiradi. Shuni ta’kidlash kerakki, shaharlarning ro‘yxati geografik hududlar bo‘yicha tartibga solindi va guruhlandi, bu esa yo‘lovchiga kerakli yo‘nalishni izlashni osonlashtiradi.   

Saytda axborot qismidan tashqari quyidagi qo‘shimcha xizmatlar ham mavjud:

  • aviachiptani onlayn sotib olish;
  • qo‘shimcha xizmatlarni xarid qilish (joy tanlash, me’yordan ortiq yuk, premium yuk, bortda ovqatlanish);
  • aviaqatnovga onlayn ro‘yxatdan o‘tish (faqat respublika ichidagi yo‘nalishlarga);
  • aviaqatnovlar jadvali;
  • aviachiptani tekshirish;
  • onlayn-tablo;
  • jo‘natilgan yukning onlayn holati (yuk tashuvlari uchun).  

 

PDF-ni yuklab oling