Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi uchinchi A321neo havo kemasini qabul qilib oldi

2022 25 Mart
756
Ulashing

Bugun, 25-mart kuni “Toshkent” aeroportining mahalliy aviayoʻnalishlar terminaliga Uzbekistan Airways tomonidan xarid qilingan uchinchi A321 havo kemasi olib kelindi. Aviatsiya an’analariga ko‘ra, yangi samolyot o‘t o‘chirish mashinalari yordamida suv arkasi bilan kutib olindi.

UK32102 roʻyxatga olish raqamini olgan samolyot Airbus zavodlaridan biri joylashgan Gamburg shahridan (Germaniya) 5 soatu 30 daqiqa davom etgan toʻgʻridan-toʻgʻri parvoz amalga oshirdi. Havo kemasi Uzbekistan Airways ekipaji Dilyaver Karabash va Shoxrux Rahimov boshqaruvida olib kelindi.

Uzbekistan Airways A321 havo kemasini uzoq masofaga hamda mahalliy qatnovlarda ekpluatatatsiya qiladi. A321neo havo kemasi 188 yoʻlovchiga mo‘ljallangan.  Samolyotning maksimal uchish vazni 97 tonna va 6850 km bo‘lgan masofagacha parvoz qilishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, aviakompaniya Toshkent – Moskva, Toshkent – Sankt-Peterburg va mahalliy yo‘nalishlarda qatnovlarni amalga oshirayotgan ikkita A321 havo kemalarini qo‘lga kiritgan edi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Airbus tomonidan yilning oxirigacha yana 2 ta samolyotni qabul qilib oladi.

Aviakompaniyaga yangi samolyot sotib olish marshrut tarmog‘ini kengaytirish va yo‘lovchilarni tashish hajmini oshirishga yordam beradi. Eslatib o‘tamiz, yaqinda Samarqand xalqaro aeroportining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Uzbekistan Airways Samarqand aeroportidan Rossiya, Turkiya va Qozog‘iston shaharlariga parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Masalan, Samarqanddan Moskvaga haftasiga uch marotaba, Sankt-Peterburgga ikki marotaba, Istanbulga uch marotaba, Olmaota shahriga ikki marotaba, shuningdek Samarqand – Toshkent – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar haftasiga uch marotaba amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, 2023-2024-yillarda talabga qarab, boshqa yangi yo‘nalishlarni, ayniqsa Sochi va Novosibirsk ochish imkoniyati ko‘rib chiqiladi.

Aviakompaniya havo kemalari parkini unifikatsiyalash “Uzbekistan Airways” AJ da transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”da belgilab berilgan. Airbus oilasining yangi samolyotlarini sotib olish esa avvalgi Yevropa va Osiyoga yo‘nalishlarni qayta tiklashga, shuningdek, yangi yo‘nalishlarni ochishga imkon beradi.

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways yirik aviatsiya kompaniyalaridan biri bilan hamkorligi 1993-yilda boshlangan. Oxirgi A321neo havo kemasi 2022-yil 7-mart kuni Toshkentga yetib keldi.

Tadbir davomida ishtirokchilar, OAV vakillari yangi avialayneri va uning texnik xususiyatlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

PDF-ni yuklab oling