Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Etihad Airways bilan hamkorlik tufayli BAAda yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

2026 5 Avgust
Ulashing

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Birlashgan Arab Amirliklariga sayohat qiluvchi yo‘lovchilar uchun imkoniyatlar kengayayotganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. 2026-yil 9-avgustdan boshlab Etihad Airways aviakompaniyasi bilan hamkorlik doirasida Abu-Dabi – Toshkent – Abu-Dabi yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu yo‘nalishning ochilishi BAAga safarlarni rejalashtirishni yanada qulaylashtiradi va yo‘lovchilarga quyidagi yangi afzalliklarni taqdim etadi:

Moslashuvchan tanlov va yagona aviachipta. Uzbekistan Airways va Etihad Airways hamkorligi tufayli yo‘lovchilar Toshkent va Abu-Dabi o‘rtasida qulay sayohat qilish uchun yanada ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda.

UzAirPlus dasturining yangi imkoniyatlari. Uzbekistan Airways sodiqlik dasturi ishtirokchilari Toshkent va Abu-Dabi o‘rtasidagi yangi qatnovlarda amalga oshirilgan parvozlar uchun mukofot ballarini to‘plashlari mumkin bo‘ladi. 

Aviachiptalarni bron qilish uchun sotuvlar boshlandi. Ularni aviakompaniyaning www.uzairways.com rasmiy saytida, Uzbekistan Airways mobil ilovasida, shuningdek, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?