Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bortkuzatuvchilarni bepul o‘qishga qabul qilishini e’lon qiladi

2023 22 May
13377
Ulashing

Uzbekistan Airways aksiyadorlik jamiyati havo kemalarining bort kuzatuvchisi kasbini egallashni xohlovchi barcha uchun o‘zining O‘quv-mashg‘ulot markazida boshlang‘ich o‘qitish jarayoni boshlanganini e’lon qiladi. O‘quv-mashg‘ulotlari uchun to‘lov Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan to‘lanadi.

Hujjatlarni topshirish va ularni ko‘rib chiqish faqat elektron ravishda amalga oshiriladi.

O’qish uchun tanlovda ishtirok etishni xohlagan nomzodlar anketani to’ldirishlari kerak hamda quyida ko’rsatilgan hujjatlarning skanlangan nusxalarini tayyorlashlari va hammasini ca.school@uzairways.com elektron manziliga yuborishlari zarur.

Nomzodlarning aviakompaniya xodimlari bilan aloqalari ta‘minlanmagan. Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish ijobiy natija bergan taqdirda nomzod telefon orqali suhbatga taklif qilinadi.

Nomzod taqdim etishi zarur bo‘lgan hujjatlar:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqaro pasporti;
  • Ish yoki o‘qish joyidan ma’lumotnoma;
  • Oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumot diplomi (chet el diplomi bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida nostrifikatsiya qilingan bo‘lishi kerak);
  • Yashash joyidan ma’lumotnoma;
  • Anketa (yuklab oling).

Nomzodga qo'yiladigan talablar:

  • Nomzod O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi va tugallangan oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi kerak;
  • Yoshi 18dan 30gacha (30yoshga to‘lganlar qabul qilinmaydi);
  • Qizlar uchun: bo‘yi 160 dan 175 santimetrgacha, kiyim o‘lchami 36-40 (Yevropa o‘lchovida);
  • Normal tana massasi indeksi Ketle bo‘yicha (18,5-24,9);
  • Qaddi-qomati kelishgan va nozik, yurishda nuqsonlar bo‘lmasligi kerak;
  • Orasta soch turmagi yoki shakli, erta kallik belgilari, kesilgan joylar bo‘lmagan, sochlar tabiiy rangga ega bo‘lishi kerak (uzun sochlar kiyimning yoqasiga tegmasligi uchun orasta turmakda bo‘lishi kerak);
  • Ko‘rinadigan nuqsonlar va assimetriyasiz yuz, teri toza bo’lishi kerak, yuz ifodalari va mimikalar ijobiy taassurot qoldirishi, muloqot qilish uchun qulay bo’lishi va har bir vaziyatda zarur bo’lgan his-tuyg’ularni ifodalashi kerak (tushunish, do’stona munosabat, g’amxo’rlik, hamdardlik);
  • Lablar Fillerlardan holi tabiiy shakl va hajmda bo‘lishi kerak;
  • Tishlar tekis, toza, to‘g‘ri tishlash bilan, old tishlarda oq yoki sariq tish koronkalari bo‘lmasligi lozim;
  • Qo‘llar parvarish qilingan bo‘lishi zarur (manikyur bilan). Qo’lning shakli to‘g‘ri va mutanosib bo‘lishi darkor, barmoqlari mavjud bo‘lmaganlar (falanjlar) qabul qilinishi mumkin emas;
  • Tananing ochiq joylarida chandiqlar, dog‘lari va tabiiy belgilari, katta hollar, kuyish izlari va tatuirovkalar, pirsinglar mavjud bo‘lsa nomzod qabul qilinmaydi;
  • Qaddi-qomati kelishgan bo‘lishi lozim.

Har qanday sababga ko‘ra o‘quv dasturini o‘zlashtira olmagan, dars qoldirayotgan, intizomni buzgan, qo‘pollik qilgan, tashqi ko‘rinishi to‘gri kelmaydigan nomzodlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.

O‘quv mashg‘ulotlari Toshkent xalqaro aeroportidan uncha uzoqda bo‘lmagan Uzbekistan Training Center’da bo‘lib o‘tadi.

 

PDF-ni yuklab oling