Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways Arabian Travel Market-2022 ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

2022 10 May
232
Ulashing

“Uzbekistan Airways” AJ 9-12 may kunlari Dubay shahrida (BAA) bo‘lib o‘tadigan Arabian Travel Market-2022 xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida “O‘zbekiston” milliy stendi tarkibida o‘z imkoniyatlarini taqdim etmoqda.

Ushbu xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etish Uzbekistan Airways sayyohlik salohiyati va xizmatlarini mintaqadagi mamlakatlarga taqdim etish uchun ajoyib imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, ko‘rgazma o‘zbek sayyohlik yo‘nalishini rivojlantirish va ommalashtirish, yaqin Sharq mamlakatlari bilan hamkorlikni mustahkamlash va Arab davlatlaridan yurtimizga bo‘lajak sayyohlarni jalb etish imkonini beradi.   

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Dubayga haftasiga olti marta, Sharjaga haftasiga bir marta seshanba kunlari qulay Boeing 787 Dreamliner avialaynerlarida muntazam qatnovlarni amalga oshirmoqda.

PDF-ni yuklab oling