Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

“Uzbekistan Airways” Aloqa markazi 7/24 ish faoliyatiga oʻtdi

2021 1 Iyul
733
Ulashing

2021-yilning 1-iyulidan “Uzbekistan Airways” AJ Aloqa markazi yoʻlovchilar uchun 24 soatlik ish faoliyatiga oʻtdi. Uzbekistan Airways Axborot xizmati xabar berishicha, endikilikda fuqarolar markaz mutaxassislari bilan kunning istalgan vaqtida bogʻlanib, haftada 7 kun, shu jumladan bayram kunlari ham kerakli ma’lumotlarni olishlari mumkin.

Shuni ta’kidlash kerakki, +99878 140 02 00 raqami orqali yoʻlovchilar COVID-19 talablari, aviachiptalarning mavjudligi va narxi, respublika bo’ylab va xalqaro parvozlarning jadvali, oldindan maxsus taom buyurtma qilish yoki bagaj tashish me’yorlari, ikki yoshgacha boʻlgan bolalar bilan parvoz qilish va ular uchun maxsus yoʻl beshiklariga buyurtma berish haqidagi ma’lumotlarni olishlari mumkin.

Statistikaga koʻra, axborot-ma’lumot olish masalalari boʻyicha aloqa markaziga kuniga mingga yaqin qoʻngʻiroqlar kelib tushadi.

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati

PDF-ni yuklab oling