Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

“Uzbekistan Airways” AJ rahbariyati tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida sayyor qabul tashkil etildi

2021 25 Noyabr
101
Ulashing

Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarilib, bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda joylarda oʻtkazilayotgan sayyor qabullar oʻz natijalarini bermoqda.

Uzbekistan Airways rahbariyati tomonidan 2021-yil 25-noyabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasida jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida sayyor qabullar oʻtkazildi.

Sayyor qabulda aksiyadorlik jamiyatining barcha tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida fuqarolar bilan uchrashdi. Unda jismoniy va yuridik shaxslar, aviachiptalar sotuvi boʻyicha agentlari, turistik kompaniyalar, tadbirkorlik subyektlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Ushbu uchrashuvda, fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, yoʻlovchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, aviakompaniya va yoʻlovchilar oʻrtasidagi amaldagi qonunchilikda belgilangan munosabatlarni yanada kuchaytirish, bevosita muloqotlar qilish orqali yuzaga kelgan takliflar va muammolarni oʻrganish, mavjud muammolarni tezkorlik bilan bartaraf qilish va kelgusida bunday vaziyatlarni oldini olish boʻyicha qilinayotgan ishlar toʻgʻrisida fikr almashildi.

Bu borada ushbu sayyor yigʻilishlarida ham yoʻlovchilar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish, himoya qilish va kafolatlash borasida aniq manzilli ishlar amalga oshirilayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Shuningdek, aviakompaniya vakillari tomonidan aviachiptalar bilan bogʻliq firibgarlikdan extiyot boʻlish kerakligi, yuridik manzili va hech qanday huquqiy hujjatga ega boʻlmagan aviakassalardan chiptalar sotib olmasliklari, begona shaxslarga plastik karta raqami va shaxsiy parolni bermasliklari haqida tushuntirish ishlari oʻtkazildi.

Xalq bilan muloqot tarzida boʻlib oʻtadigan bu kabi sayyor qabullar doimiy ravishda Respublikamizning barcha hududlarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling