Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

”Uzbekistan Airways” AJ rahbariyati tomonidan navbatdagi sayyor qabul Xorazm viloyatining Urganch shahrida bo‘lib o‘tdi

2021 26 Noyabr
38
Ulashing

Unda jismoniy va yuridik shaxslar, aviachiptalar sotuvi boʻyicha agentlari, turistik kompaniyalar, tadbirkorlik subyektlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. 

Yigʻilish qatnashchilariga boshqa aviakompaniyalar tomonidan sotilgan chiptalar va parvozi amalga oshmay qolgan reyslar haqida toʻliq maʻlumot berildi. Yoʻlovchilar bunday holatda qayerga murojaat qilishlari kerakligi batafsil tushuntirildi. Shuni ham ta’kidlab oʻtish kerakki, ushbu boʻlib oʻtgan hodisalarga nima sabab boʻlganligi oʻrganilayotganligi haqida aytib oʻtildi.

Sayyor qabulda aviachiptalar sotuvi boʻyicha agentlari, turistik kompaniyalar vakillari, yoʻlovchilarni qiynayotgan muammolar boʻyicha savol-javob tariqasida ishtirokchilar bilan muloqot qilinib, aholining murojaatlari atroflicha oʻrganib chiqildi. Murojaatlarning aksariyat qismi joyida yechimini topdi, qoʻshimcha oʻrganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar boʻyicha masʼul rahbar va xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

- Bugungi qabul savol-javoblar shaklida o‘tdi.  
Aviakompaniya fuqaro-yo‘lovchilar fikrlari bilan qiziqayotgani va o‘rganayotgani juda quvonarli. Bu yaxshi tomonga o‘zgarishga imkon beradi, - deydi Xorazm viloyati turizm va sport Bosh boshqarmasi ta’lim va ilm-fan rivojlantirish bo‘yicha mutaxassisi Abdulla Xodjayev.

Joylarda o‘tkazilayotgan bunday sayyor qabullar muammolarni hal etishga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Xalq bilan muloqot tarzida boʻlib oʻtadigan bu kabi sayyor qabullar doimiy ravishda Respublikamizning barcha hududlarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling