Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

“Uzbekistan Airways” AJ parvoz o‘quv muassasalari bitiruvchilarini ishga qabul qilishini ma’lum qiladi

2023 3 Mart
280
Ulashing

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi;
  • 21 yoshdan 35 yoshgacha.

Eslatma: Hujjatlarni topshirish kunida 21 yoshga to‘lmagan yoki 36 yoshga to‘lgan shaxslar tanlov saralashida ishtirok etishlariga yo‘l qo‘yilmaydi;

  • fuqaro aviatsiyasi uchuvchisining tugallangan aviatsiya ta’limi;

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida olingan ma’lumot mavjud bo‘lgan taqdirda, hujjatlarni topshirish vaqtida xorijiy ta’lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan belgilangan hujjatlari talablariga muvofiq nostrifikatsiyalangan bo‘lishi kerak;

  • ariza berish vaqtida FA parvoz o‘quv yurti tamomlanganligi 3 (uch) yildan ortiq bo‘lmagan vaqt davri;
  • FA parvoz o‘quv yurtida 120 uchish soatidan kam bo‘lmagan;
  • ta’lim dasturini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan hajmda davlat tili, rus va ingliz tillarini bilish;
  • ICAO 4 shkalasi va undan yuqori boʻlgan ingliz tili darajasi;
  • erkak nomzodlar uchun harbiy xizmatga yaroqlilik belgisi bilan O‘zbekiston Respublikasi harbiy guvohnomasining mavjudligi;
  • IR’ni tasdiqlovchi hujjat;
  • amaldagi tibbiy guvohnoma (amal qilish muddati kamida 6 oy)

Muhim! Saralash rus tilida o‘tkaziladi!

Hujjatlarni qabul qilish 2023-yil 13-martgacha amalga oshiriladi.

Rejalashtirilgan tanlov sanasi Toshkent shahrida 2023-yilning 14-mart kunidan boshlab boʻlib oʻtadi.

Hujjatlar quyidagi manzil boʻyicha qabul qilinadi: Toshkent sh., Sergeli tumani, Parvoz xizmati departamenti, Uchuvchilar majmuasi binosi, 313-xona – Tursunova Nargiza Shuxratovna.

PDF-ni yuklab oling