Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

“Uzbekistan Airways” AJ parvoz o‘quv muassasalari bitiruvchilarini ishga qabul qilishini ma’lum qiladi

2022 22 Iyun
2025
Ulashing

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:

– O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi;

– 21 yoshdan 35 yoshgacha.

Eslatma: Hujjatlarni topshirish kunida 21 yoshga to‘lmagan yoki 36 yoshga to‘lgan shaxslar tanlov saralashida ishtirok etishlariga yo‘l qo‘yilmaydi;  

– fuqaro aviatsiyasi uchuvchisining tugallangan aviatsiya ta’limi;  

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida olingan ma’lumot mavjud bo‘lgan taqdirda, hujjatlarni topshirish vaqtida xorijiy ta’lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan belgilangan hujjatlari talablariga muvofiq nostrifikatsiyalangan bo‘lishi kerak; 

– ariza berish vaqtida FA parvoz o‘quv yurti tugaganidan beri 3 (uch) yildan ortiq bo‘lmagan vaqt davri;

– FA parvoz o‘quv yurtida 120 uchish soatidan kam bo‘lmagan;

– ta’lim dasturini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan hajmda davlat tili, rus va ingliz tillarini bilish;

– ICAO 4 shkalasi va undan yuqori boʻlgan ingliz tili darajasi;

– erkak nomzodlar uchun harbiy xizmatga yaroqlilik belgisi bilan O‘zbekiston Respublikasi harbiy guvohnomasining mavjudligi;

– IR’ni tasdiqlovchi hujjat;

– amaldagi tibbiy guvohnoma (amal qilish muddati kamida 6 oy)  

 

Hujjatlarni qabul qilish 2022-yil 21-iyulgacha amalga oshiriladi.

Rejalashtirilgan tanlov sanasi Toshkent shahrida 2022-yilning 25-iyul kunidan boshlab boʻlib oʻtadi.

Hujjatlar quyidagi manzilda qabul qilinadi: Parvoz xizmati departamenti (sobiq Uchuvchilar majmuasi binosi), 313-xona, Tursunova Nargiza Shuxratovna. 

 

Eslatma: to‘ldirishingiz va topshirishingiz kerak bo‘lgan ariza ilova qilingan.   

PDF-ni yuklab oling