Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

“Uzbekistan Airways” AJ barcha aviaqatnovlarga chegirma taqdim etmoqda

2022 24 Noyabr
150
Ulashing

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini nishonlash munosabati bilan 2022-yilning 25-noyabridan 2022-yilning 8-dekabrigacha sotiladigan “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyaning barcha muntazam aviaqatnovlaridagi e’lon qilingan ekonom va biznes klassi individual tariflariga 8% miqdorida chegirma taqdim etiladi.

Chegirma taqdim etish shartlari:

  1. Aviatashuv muddati cheklanmagan (aviatashuvning amal qilish muddati qo‘llanilgan tarif qoidalari bilan belgilanadi, aviachiptalarni quyida berilgan jadval asosida rasmiylashtirishga ruxsat beriladi);
  2. Taqdim etilgan chegirma miqdori:
  • kattalar uchun - tarifdan 8%;
  • 2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun – bolalar tarifiga mos ravishda 8%;
  • 2 yoshgacha bo‘lgan va salonda joy egallamaydigan bolalar uchun ushbu chegirma amal qilmaydi.
  1. Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi, bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi.
  1. To‘liq foydalanilmagan aviachiptalarni qayta rasmiylashtirish shartlari:
  1. 2022-yil 25-noyabrdan 2022-yil 8-dekabrgacha bo‘lgan davr oralig‘ida qayta rasmiylashtirilgan/qayta bronlashtirilgan lekin to‘liq foydalanilmagan, chegirma bilan rasmiylashtirilgan aviachiptalarning tarifiga 8% chegirmani qo‘llash ruxsat beriladi;
  2. Chegirma bilan rasmiylashtirilgan to‘liq foydalanilmagan aviachiptalar aksiya tugagandan so‘ng qayta rasmiylashtirilgan/qayta bronlashtirilgan taqdirda, chegirmalarni qo‘llamasdan to‘liq tarif darajasiga qo‘shimcha to‘lov qilinishi kerak;
  3. Ushbu aksiya boshlanishidan oldin  rasmiylashtirilgan aviachiptalar (2022-yil 24-noyabrgacha) aksiya muddati davomida qayta rasmiylashtirilgan/qayta bronlashtirilgan taqdirda, tarif 8% chegirma bilan qayta hisoblanmaydi;

 

Qisman foydalanilgan aviachiptalar rasmiylashtirilgan kunida belgilangan umumiy qoidalarga muvofiq qayta rasmiylashtiriladi.

Aviachiptalarni chegirma bilan aviakompaniyaning veb-saytida, “Uzbekistan airways sales” filiali va uning agentlarida, shuningdek, xorijdagi vakolatxonalarimizda xarid qilish mumkin.

Chegirmalarni birlashtirish (bolalarnikidan tashqari) taqiqlanadi.

Chegirma faqat aviakompaniyaning aviaqatnovlarida, shu jumladan kam byudjetli qatnovlari doirasida eʼlon qilingan barcha ekonom va biznes klass individual tariflari uchun ruxsat etiladi. Chegirma CodeShare aviaqatnovlarida va Tijorat shartnomalari (SPA) bo‘yicha e‘lon qilingan tariflarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

 

PDF-ni yuklab oling