Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways “AITF-2023” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

2023 4 Aprel
255
Ulashing

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2023-yilning 4-6 aprel kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston” milliy stendi ostida“AITF-2023” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.

AITF xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi 3 yillik tanaffusdan so‘ng turizm sanoatining yetakchi ishtirokchilarini bir joyga to‘playdi. Manfaatdor tomonlarga yangi munosabatlar o‘rnatish imkonini beruvchi asosiy maydonlardan biri bo‘lgan mazkur ko‘rgazmada turli mamlakatlarning sayyohlik sohasi, milliy va mintaqaviy turizm tashkilotlari, davlat idoralari vakillari uchrashadi.

Ko‘rgazmaning uch kunlik faoliyati davomida tashrif buyuruvchilar va mehmonlarga “Uzbekistan Airways” AJning keng ko‘lamli xizmatlari, jumladan, havo kemalari parki, muntazam yo‘lovchi va yuk qatnovlari, MDH, Janubi-Sharqiy Osiyo va Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq mamlakatlariga amalga oshirilayotgan yangi yo‘nalishlar haqida to‘liq ma’lumot beriladi.

Mazkur xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etish O‘zbekistonning ulkan sayyohlik salohiyati hamda “Uzbekistan Airways” AJ xizmatlarini Ozarbayjon va boshqa mamlakatlar fuqarolari o‘rtasida namoyish etish, Ozarbayjondan mamlakatimizga doimiy sayyohlarni jalb etish, mamlakatimizning sayyohlik yo‘nalishini ommalashtirish, yangi aloqalar o‘rnatish, hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash uchun ajoyib imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi.

Eslatib oʻtamiz, “Uzbekistan Airways” AJ Toshkentdan Bokuga haftasiga toʻrt marta muntazam yoʻlovchi aviqatnovlarini amalga oshirib kelmoqda.

PDF-ni yuklab oling