Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways 44 ta yo‘nalishida yangi taom

2023 18 Yanvar
689
Ulashing

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining ketring xizmati 2023-yilning yanvar oyidan boshlab aviakompaniyaning 44 ta xalqaro reyslarida yangi bort menyusi yo‘lga qo‘yilganligini ma’lum qiladi. Yangi bort taomnomasi turli vaqt sikllariga bo‘linadi, ularning har biri o‘z menyusiga ega bo‘lib ular mavsumga, parvoz davomiyligiga, xizmat ko‘rsatish sinfiga, jo‘nash vaqti va yo‘nalishiga qarab o‘zgaradi.

Yangi menyu yaratilishida ketring xizmati ko‘plab jihatlarni hisobga oldi: parvoz yo‘nalishi - Yevropagami yoki Osiyo; parvoz davomiyligi qancha - 3 soat yoki undan ko‘proq; parvoz qaysi vaqtda amalga oshiriladi - erta tongda yoki tunda. Ta‘kidlash joizki, yangi menyuni ishlab chiqish jarayonida xalqaro va mahalliy yo‘nalishlarning ovqatlanish standartlari hisobga olindi.

Bugungi kunda yo‘lovchilar www.uzairways.com sayti orqali, aviachiptalarni kassadan sotib olayotganda yoki parvozdan 48 soat oldin call-markazga qo‘ng‘iroq qilib, mustaqil ravishda maxsus taomlarga buyurtma berishlari mumkin. Ushbu amaliyot bepul hisoblanadi.

Uzbekistan Airways Express reyslarida esa bort menyusi o‘z ichiga sendvich va suvni oladi.

Nyu-York va Tokio yo‘nalishlarida ham bort taomnomasini yangilash rejalashtirilmoqda.

PDF-ni yuklab oling