Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

UzAirPlus’dan sovg‘a – Seul aviaqatnovlarida ko‘proq bagaj!

2025 9 Iyun
Ulashing

Sizga shuni ma’lum qilamizki, Seulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishda 2025-yil 9-iyundan 25-oktyabrgacha bo‘lgan aviaqatnovlarda bonus sifatida belgilangan bagaj tashish me’yoriga qo‘shimcha ravishda 15 kg gacha bo‘lgan 1 ta joy bepul tashishga ruxsat beriladi, qaytariladigan/qaytarilmaydigan ekonom-klass tariflari uchun ham, biznes-klass tariflari uchun ham (INF toifasidagi yo‘lovchilarga taalluqli emas). Ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida aviachipta sotib olingan sanadan qat’i nazar, bagaj tashishning oshirilgan normasini qabul qilishga ruxsat etiladi.

• Bunda, bonus bagajining vazni 32 kg gacha oshgan taqdirda, Seulga/Seuldan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishda belgilangan bazaviy stavkaning 0,5 stavkasi miqdorida, 45 kg gacha – 1 stavka miqdorida to‘lov undiriladi.

• Qo‘shimcha bagaj tashish me’yori SPA, shuningdek, Code Share (AJ marketing tashuvchisi bo‘lgan) tariflari uchun qo‘llanilmaydi, lekin AJ operatsion tashuvchi bo‘lgan Code Share aviaqatnovlariga tatbiq etiladi.

Tutashuv aviatashuvlari uchun bagaj tashish normasi o‘zgarishsiz qoladi.

PDF-ni yuklab oling