Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Включить озвучивание

Yangiliklar

«UAT» MChJ MRO Russia & CIS 2021 xalqaro koʻrgazmasida ishtirok etmoqda

2021 16 Sentabr

Uzbekistan Airways Technics 15-16-sentabr kunlari Moskvada boʻlib oʻtayotgan MRO Russia & CIS 2021 koʻrgazmasida ishtirok etmoqda. MRO 2021 – bu 16-xalqaro koʻrgazma boʻlib, havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish va ta’mirlashni rivojlantirishning dolzarb masalalariga bagʻishlangan.

Tadbir doirasida konferentsiya ham boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan, unda texnik xizmat koʻrsatish va parvozga yaroqlilik holati va tendensiyalari, soha yetakchilarining soʻnggi yutuqlari va yangiliklari, turli xil mamlakatlardan tashrif buyurgan hamkasblar bilan fikr va tajriba almashish imkonini beradi.

Uzbekistan Airways Technics MRO 2021 ko‘rgazmasida bor imkoniyatlari, xizmatlar turlari va sertifikatlar haqida ma’lumot berish maqsadida ishtirok etmoqda. Eslatib o‘tamiz, hozirgi Uzbekistan Airways Technics majmuasi – Boeing 757/767/787, Airbus 300/310/318/319/320/321 samolyotlariga, dvigatellarga va ularning tarkibiy qismlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha 90-yildan ortiq tajribaga ega kompaniya hisoblanadi.

«UAT» MChJ IATA Operational Safety Audit Programme talablariga javob beradigan IOSA operatori sifatida ro'yxatdan o'tgan va «Uzbekistan airways» AJ tarkibiy bo’linmalaridan biri hisoblanadi.