Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Transport sohasidagi innovatsiyalarga bag‘ishlangan haftalik

2022 13 Iyun
112
Ulashing

2022-yilning 13-iyun kuni Toshkentda transport sohasidagi innovatsion yangiliklarga bag‘ishlangan transport haftaligi o‘z ishini boshladi. Tadbir Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. “Transport sohasida innovatsion texnologiyalar haftaligi”da “Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyati ham ishtirok etmoqda.   

Haftalik doirasida aviakompaniya mutaxassislari korxona resurslarini rejalashtirish tizimi va mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarishning tizimli dasturini joriy etish bo‘yicha rejalar bilan o‘rtoqlashdilar, shuningdek, havo kemalarida texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlarini to‘liq avtomatlashtirish tizimi va kompaniya veb-sayti orqali elektron chiptalarni sotish tizimini tubdan takomillashtirish, yangi xizmat turlarini joriy etish, faoliyat darajasini oshirish haqida so‘zlab berdilar.

Transport haftaligi 17-iyungacha davom etadi.   

PDF-ni yuklab oling