13-iyun kuni Samarqandda Uzbekistan Airways – rasmiy hamkor aviatashuvchisi ishtirokida Tourism Malaysia tomonidan tashkil etilgan bir qator tadbirlarning davomi bo‘lib o‘tdi.



Dastur doirasida turizm sohasi vakillari bilan B2B uchrashuvlari va seminar o‘tkazilib, ular Malayziya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida turizmni rivojlantirish hamda ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga qaratildi.

