Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Toshkentdan Myunxenga 20% chegirma bilan sayohat qiling

2023 31 Avgust
1373
Ulashing

   Uzbekistan Airways joriy yilning 29-oktabrdan 15-dekabriga qadar Toshkent-Myunxen-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha barcha reyslarga 20% chegirma e’lon qiladi!

Aksiyaning batafsil shartlari:

  1. Sotuv muddati 2023-yil 1-sentyabr soat 00:00 dan 15-dekabr soat 23:59 gacha
  2. Aksiya muddati 2023-yil 29-oktyabrdan 15-dekabrgacha gacha;
  3. Taqdim etiladigan chegirma miqdori:
  • kattalar uchun tarifdan – 20%;
  • 2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun – bolalar tarifiga mos ravishda – 20%;
  • chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi;
  1. Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi;
  2. Ilgari sotib olingan aviachiptalar 29.10.2023 dan 15.12.2023 gacha qayta rasmiylashtirilsa yoki qayta bron qilinsa, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi;
  3. Chegirma bilan qisman foydalanilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, qayta hisob-kitob aviachipta chiqarilgan sanada (ya’ni chegirma qo‘llanilgan holda) amalga oshiriladi;
  4. Aviatashuv muddati cheklanmagan (aviatashuvning amal qilish muddati qo‘llanilgan tarif qoidalari bilan belgilanadi, aviachiptalarni e’lon qilingan berilgan jadval asosida rasmiylashtirishga ruxsat beriladi);
  5. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi;
  6. Chegirma e’lon qilingan barcha individual ekonom va biznes-klass tariflari uchun faqat Toshkent – Myunxen – Toshkent yo‘nalishlari uchun taqdim etiladi.

Aviachiptalarni www.uzairways.com saytida, UzAirways ilovasi orqali, Uzbekistan Airways Sales filialida, shuningdek, aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin. 

PDF-ni yuklab oling