Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Toshkentdan Mumbayga parvozlar ochilishi sharafiga tadbir

2024 1 Mart
236
Ulashing

    2024-yil yozgi jadvalidan Toshkent-Mumbay-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha aviaqatnovlar ochilishi munosabati bilan 2024-yil 28-fevral kuni Radisson Mumbai mehmonxonasida roud-shou boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Hindistonning 100 ga yaqin turoperatorlari va O‘zbekistondan 2 ta turoperatorlar ishtirok etdi.

O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Sardor Rustambaev, elchining turizm va madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi Soliyev Iqboljon hamda Ajay Arya, BSP konsolidatori Arya Enterprises va “Uzbekistan Airways” AJning Dehlidagi vakili so‘zga chiqdilar.

Roadshou ishtirokchilari orasida Mumbay – Toshkent – ​​Mumbay yo‘nalishi bo‘yicha 2 ta aviachipta uchun lotereya o‘tkazildi.  

 

 

PDF-ni yuklab oling