Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Toshkentdan Bangkokka 20% chegirma bilan

2023 24 Iyul
617
Ulashing

     Uzbekistan Airways joriy yilning 24-iyulidan 29-sentabriga qadar Toshkent-Bangkok-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladigan barcha aviaqatnovlarga 20% chegirma e’lon qiladi. Do‘stlaringiz va yaqinlaringiz bilan Bangkokka sayohatga otlaning va Sharqiy Osiyoda dam oling!

Aksiyaning batafsil shartlari:

  1. Sotish muddati 24.07.2023 00:00 dan 29.09.2023 23:59 gacha;
  2. Parvoz davri 03.08.2023 dan 29.09.2023 gacha;
  3. Taqdim etiladigan chegirma miqdori:
  • kattalar uchun tarifdan – 20%;
  • 2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun – bolalar tarifiga mos ravishda – 20% (shu bilan birga, to‘g‘ri hisoblash uchun e’lon qilingan chegirma miqdori kattalar uchun ekonom-klass narxining 40% ni tashkil qiladi);
  • chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi;
  1. Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi;
  2. 2023-yil 30-sentabrdan boshlab reyslarda to‘liq foydalanilmagan, chegirma bilan sotib olingan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirmalar qo‘llanilmagan holda to‘liq tarif darajasiga qo‘shilishi kerak;
  3. Ilgari sotib olingan aviachiptalar 24.07.23 dan 29.09.23 gacha qayta rasmiylashtirilsa yoki qayta bron qilinsa, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi;
  4. 30.09.2023 dan boshlab qisman foydalanilgan aviachiptalar chegirmadan foydalangan holda qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, aksiya davomida amalga oshiriladigan qatnovlarda 2-segmentga chegirma qo‘llanilmaydi;
  5. Chegirma bilan sotib olingan  aviachiptalarni qayta rasmiylashtirish/qayta bron qilish va pulni qaytarish offline tarzda amalga oshiriladi;

Aviachiptalarni www.uzairways.com sayti orqali, UzAirways mobil ilovasi orqali, Uzbekistan Airways Sales filialida, shuningdek aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin.

PDF-ni yuklab oling