Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi natijalari

2022 5 Dekabr
68
Ulashing

Joriy yilning 30-noyabr 2-dekabr kunlari poytaxtimizda Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Uch kun davomida ko‘plab madaniy tadbirlar, taqdimotlar, ko‘rgazmalar, turizm sohasi mutaxassislarining chiqishlari o‘tkazildi.

Uch kunlik TXTY-2022 ko‘rgazmasi doirasida Uzbekistan Airways milliy va xorijiy sayyohlik kompaniyalari, mehmonxonalar va reklama agentliklari bilan qator muzokaralar olib bordi. Xususan, butun dunyo boʻylab mehmonxonalarni bron qilish, transportlarni ijaraga olish, diqqatga sazovor joylarga sayohat qilish va boshqa yo‘nalishlar boʻyicha onlayn xizmat koʻrsatuvchi kompaniyalar bilan hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazildi.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar O‘zbekistonning turli joylari, xususan, Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari kabi tog‘li hududlarning sayyohlik salohiyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. “Uzbekistan Airways” AJ tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan “Uzbekistan Helicopters” MChJ bir qancha taniqli sayyohlik agentliklari bilan B2B uchrashuvlari o‘tkazdi va muzokaralar olib borishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, turli mamlakatlarda xalqaro tashkilotlar uchun yirik tadbirlar o‘tkazuvchi Pitch kompaniyasi bilan guruhlarni tashish bo‘yicha kelgusida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Umumiy hisobda Uzbekistan Airways 50dan ortiq hamkorlik uchrashuvlarini o‘tkazib turli xil kompaniyalar bilan kelishuvga erishdi. Mazkur xalqaro yarmarkalar aviakompaniya xizmatlarini taniqli kompaniyalar bilan bir qatorda taqdim etish uchun yana bir sabab va mijozlar bazasini ko‘paytirish imkoniyatidir.

Sayyohlik yarmarkasi doirasida Uzbekistan Airways tomonidan qimmatbaho sovg‘alar o‘ynaldi. Ular orasida eng kutilmagani, albatta, Istanbulga ikki kishilik aviachipta bo‘ldi. Zamonaviy vertolyotda parvoz noodatiy sovrin bo‘lib u ham yarmarka ishtirokchilari o‘rtasida o‘ynaldi va egalariga topshirildi. Minglab ishtirokchilarni o‘zida jamlagan turistik tadbir barcha turizm sohasi vakillari uchun samarali bo‘ldi deb, bemalol aytish mumkin.

Xalqaro yarmarkada Uzbekistan Airways aviakompaniyasining brend-targ‘ibotchisi elchisi Sevara Nazarxon va bloger Xusnora Shodiyeva ham ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, TXTY yarmarkasi har yili turizm sohasidagi ko‘plab mutaxassislarni o‘zida jamlaydi va ushbu sohani jahon miqyosida rivojlantirish uchun sharoit yaratadi.

 

PDF-ni yuklab oling