Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Toshkent – Seul – Toshkent aviaqatnovlari uchun ko‘proq bagaj

2022 17 Oktabr
68
Ulashing

Uzbekistan Airways 2022-yil 15-noyabridan Toshkent – Seul – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalarni xarid qilishda aviaqatnovlar uchun yuk tashish me’yori oshirilishini ma’lum qiladi. Yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida faqat ekonom-klass uchun bagaj miqdori oshiriladi:

Puli qaytariladigan tariflar uchun – har biri uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha 23 kg/158 sm gacha bo‘lgan 2 ta bagajga;

Puli qaytarilmaydigan tariflar uchun – har biri uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha 23 kg/158 sm gacha bo‘lgan 1 ta bagajga.

2 yoshgacha bo‘lgan bolalarning puli qaytariladigan va qaytarilmaydigan ekonom-klass tariflari uchun bagaj miqdori 10 kg/115 sm ni tashkil qiladi.

 

PDF-ni yuklab oling