Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Toshkent-Mumbay-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha chegirmalar

2025 21 Noyabr
Ulashing

Uzbekistan Airways Toshkentdan Mumbayga va ortga qaytishda, Mumbaydan Toshkentga va ortga qaytishda P-/R-klass tariflaridan 50% gacha chegirma taqdim etilishini ma’lum qiladi. 

Yo‘lovchi tashish tarifiga qo‘shimcha ravishda chegirma qo‘llanilmaydigan soliqlar, yig‘imlar va qo‘shimcha to‘lovlar qo‘shiladi.

Chegirma shartlari:

1. Sotish muddati: 21.11.25y. – 05.12.25y. (shu kuni ham);

2. Uchish muddati: 22.11.25y. – 28.03.26y. (shu kuni ham);

3. Taqdim etiladigan chegirma miqdori: 

- kattalar uchun - P- / R- klass tariflarining 50% gacha (chegirma kodi ZPR); 

- salonda joy egallagan 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun chegirmaning umumiy miqdori (bolalarnikini hisobga olgan holda) P- / R- sinfidagi kattalar tarifidan 63% ni tashkil etadi (chegirma kodi - PTT);

- 2 yoshgacha bo‘lgan va salonda joy egallamaydigan bolalar uchun ushbu chegirma tatbiq etilmaydi; 

4. Qaytarish/qayta bronlash/qayta rasmiylashtirishda tarifga taqdim etilgan chegirma qaytarish/qayta rasmiylashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi, bolalar uchun - belgilangan tartibda (25% chegirma qo‘llanilgan holda) undiriladi. Qisman foydalanilgan aviachiptani qaytarish summasini hisoblash uchun chegirma qo‘llanilmagan holda foydalanilgan aviauchastkadagi tarif chegirib tashlanadi; 

5. Chegirma qo‘llanilgan holda to‘liq foydalanilmagan aviachiptalar chegirma amal qilish muddatiga to‘g‘ri kelmaydigan sanalarda qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirmalar qo‘llanilmagan holda tarifning to‘liq darajasiga qo‘shish zarur;

6. Chegirma qo‘llanilmasdan rasmiylashtirilgan aviachiptalar 22.11.2025 dan 28.03.2026 gacha bo‘lgan davrda qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi.  

7. Chegirma bilan rasmiylashtirilgan qisman foydalanilgan aviachiptalar 29.03.2026-yildan boshlab reyslarga qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirma aksiya davrida tushmagan 2-segmentga, shu jumladan yo‘nalishning teskari qismidagi OPEN DATE segmentiga ham qo‘llanilmaydi. Agar OPEN segmenti bo‘yicha yangi uchish sanasi aksiya davriga to‘g‘ri kelmasa, chegirma yo‘nalishning ushbu qismiga qo‘llanilmaydi, chipta qayta rasmiylashtirilishi kerak;

8. Ilgari o‘tkazilgan aksiyalar davrida to‘liq foydalanilmagan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan taqdirda, 50% gacha chegirma qo‘llanilmaydi;

9. Chegirma bilan rasmiylashtirilgan aviachiptalarni qayta rasmiylashtirish/qayta bron qilish va qaytarish qo‘lda amalga oshiriladi;

10. Chegirma faqat aksiya o‘tkaziladigan davrga to‘g‘ri keladigan tashish uchastkasi uchun qo‘llaniladi;

11. Chegirma bilan aviakompaniya veb-saytida (UZS/USD/RUB uchun), O‘zbekiston Respublikasi hududida ("Uzbekistan airways sales" filiali va uning agentlari tomonidan), shuningdek, xorijda, shu jumladan BSP, TKP, ARC agentlari tomonidan sotishga ruxsat beriladi.

12. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi;

13. Chegirma P-/R - Toshkentdan Mumbayga va aksincha, Mumbaydan Toshkentga va aksincha yo‘nalishdagi individual tariflar uchun ruxsat etiladi. Ushbu yo‘nalish boshqa yo‘nalishlar bilan birlashtirilgan taqdirda, chegirma faqat Toshkentdan Mumbayga va aksincha, Mumbaydan Toshkentga va aksincha yo‘nalishlarga qo‘llaniladi.  Chegirma SPA doirasidagi tariflar, shuningdek, joylar bloklari doirasida guruhli bron qilish va aviachiptalarni rasmiylashtirish uchun qo‘llanilmaydi;

14. 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun yo‘nalishning har bir uchastkasida chegirmalarni to‘g‘ri qo‘llash uchun tashishni turli aviachiptalar bilan rasmiylashtirish zarur.

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?