Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Toshkent – Istanbul yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan HY-273 reysi haqida rasmiy xabar

2022 25 May
775
Ulashing

Bugun, 25-may kuni HY-273 Toshkent – Istanbul muntazam aviaqatnovini amalga oshiruvchi havo kemasi jadvalga muvofiq Toshkentdan parvozni boshlagan. Texnik sabablarga ko‘ra havo kemasi Toshkent vaqti bilan soat 21:10 da Trabzon aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirgan.

Hozirda havo kemasi bortidagi 240 yo‘lovchi xayotiga hech qanday xavf tug‘dirmayapti. Yaqin vaqt ichida barcha yo‘lovchilar Trabzon shahrida joylashgan mehmonxonaga joylashtirilib, tez fursatlarda belgilangan manzilga – Istanbul shahriga yetkaziladilar.  

O‘z navbatida, ushbu sabab tufayli HY274/25MAY22 Istanbul – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovi vaqti kechiktiriladi (Istanbul mahalliy vaqti bilan jadvalga muvofiq 21:45 da rejalashtirilgan parvoz). Ayni vaqtda Istanbuldan Toshkentga yo‘lovchilarni olib ketish uchun rezerv havo kemasini yuborish masalasi ishlab chiqilmoqda.  

Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz, shuningdek, yuzaga kelgan vaziyatni to‘g‘ri tushunishingizni so‘rab qolamiz.

PDF-ni yuklab oling