Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Включить озвучивание

Yangiliklar

Toshkent – Bishkek – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvozlar soni ortmoqda!

2021 9 Sentabr

2021-yilning 11 sentyabrdan boshlab «Uzbekistan Airways» AJ Toshkent – Bishkek – Toshkent yoʻnalishida haftasiga uch marta – dushanba, payshanba va shanba kunlari muntazam qatnovlarni amalga oshiradi.

Parvozlar jadvali:

Dushanba – HY 777: Toshkentdan uchish 15:50, Bishkekka yetib borish 18:00

Payshanba – HY 779: Toshkentdan uchish 15:05, Bishkekka yetib borish 17:15

Shanba – HY 779: Toshkentdan uchish 09:00, Bishkekka yetib borish 11:10

Uchish va yetib borish mahalliy vaqtda ko‘rsatilgan.

Toshkent – Bishkek yoʻnalishidagi aviachiptalar 1 229 335 soʻmdan boshlanadi.

Toshkent – Bishkek – Toshkent yoʻnalishida aviachiptalar 2 553 830 soʻmdan boshlanadi.

Narxlar 08.09.2021 holatiga ko‘ra amal qiladi.

Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.